Olmaliq yoshlari viloyatda birinchi
Umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Umid nihollari” sport musobaqasining Toshkent viloyati bosqichida Olmaliq shahri vakillari g‘olib bo‘ldi va Prezident sovg‘asi – “Damas” avtomashinasi bilan taqdirlandi.
Umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Umid nihollari” sport musobaqasining Toshkent viloyati bosqichida Olmaliq shahri vakillari g‘olib bo‘ldi va Prezident sovg‘asi – “Damas” avtomashinasi bilan taqdirlandi.Yoshlar o‘rtasida an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan uch bosqichli sport o‘yinlarining birlamchi bo‘g‘ini bo‘lgan “Umid nihollari” musobaqasi yosh avlodni jismonan sog‘lom,ma’nan barkamol etib tarbiyalash, ularni yirik xalqaro musobaqalarga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Viloyat hokimligi, xalq ta’limi, jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada 21 sport turi bo‘yicha 3 ming 500 nafar o‘quvchi ishtirok etdi. 746 nafar yosh sportchi g‘olib sifatidamedallarga sazovor bo‘ldi.
Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Chirchiq hamda Angren shaharlari jamoalari egalladi.
– Ushbu sport musobaqasida erkin kurash sport turi bo‘yicha qatnashib, sovrindorlar qatoridan joy olganimdan xursandman, – deydi Olmaliq shahridagi 12-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi J.Ziyovuddinov. – Murabbiylarimiz ishonchini oqlab, jamoamiz bilan yaxshi natija ko‘rsatishga harakat qildik. Eng muhimi, tajriba to‘pladik, yangi do‘stlar orttirdik. Bu kabi musobaqalar biz, yoshlarga mamlakat va xalqaro musobaqalarda qatnashish oldidan katta maktab vazifasini o‘taydi.
Tadbirda viloyat hokimligi tomonidan musobaqada faol qatnashgan tuman va shaharlar jamoalariga turli sport anjomlari topshirildi. San’atkorlar ijrosidakuy-qo‘shiqlar yangradi.
Tadbirda Toshkent viloyati hokimi G‘.Ibragimov so‘zga chiqdi.