Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi
Oliy Majlis Senatining 48-yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish masalasi ham ko‘rib chiqildi va Senatning tegishli qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, Elza Shamsutdinova o‘n yillik muddatga, Anvar Elmurodov muddatsiz davrga, Bahodir Ergashev o‘n yillik muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimiga saylandi.
Shu bilan birga, Bobir Islomov, Otabek Mamajanov, Sherzod Mirzahakimov, Doniyorjon Tojiboyev, Firuz Tursunov, Faxriddin Xalilov, Sherzod Sherqulov va Xurshid Eshmuratov O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.

Yalpi majlis davomida o‘n to‘rt masala ko‘rib chiqildi. Shundan o‘ntasi qonun, qolgani boshqa masalalarni tashkil etdi.
Majlis yakunida Senat kengashining qarorlari tasdiqlandi.
N.Abduraimova, O‘zA