Oliy sud plenumi majlisi ilk bor to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi
2026-yil 3-iyul kuni Oliy sud plenumining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi. Plenum majlisi ilk bor Oliy sudning Interaktiv xizmatlari portali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilishi kutilmoqda.
Majlisda “Sudlar tomonidan fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqish amaliyoti to‘g‘risida";
"Fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy sudlar tomonidan da’voni ta’minlash (dastlabki himoya) choralarini ko‘rishning ayrim masalalari to‘g‘risida";
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarorlari loyihalari ko‘rib chiqilishi kun tartibiga kiritilgan.
N.Abduraimova,
O‘zA