Olis tog‘ qo‘ynida yangi maktab qad rostladi
Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi chekka Yuqori Machay mahallasida 46-umumta’lim maktabining 140 o‘rinli yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Purviqor tog‘ qo‘ynidagi mahallada aholi sonining o‘sishi bundan o‘ttiz uch yil muqaddam bunyod etilgan maktabda qo‘shimcha bino qurib, o‘quvchilarning ta’lim olishi uchun zamonaviy qulayliklar yaratishni taqozo etdi. Shunga muvofiq mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan ikki qavatli bino barpo etilib, o‘qituvchilarning sifatli saboq berishi va o‘quvchilarning ilm-fan sirlarini chuqur o‘rganishi uchun barcha zamonaviy sharoit yaratildi.




Ayni paytda maktabda 60 ga yaqin o‘qituvchi 652 o‘g‘il-qizga ta’lim-tarbiya bermoqda.
Xolmo‘min Mamatrayimov,
O‘zA muxbiri