Olimpiya öyinlariga reyting oçkolari taqdim qilindi
Mamlakatimizning sport markaziga aylanib borayotgan Namangan şahri yana bir nufuzli musobaqaga mezbonlik qildi.
Yangi Namangan tumanidagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya öyinlari dasturiga kiritilgan taekvondo “WT” böyiça ösmirlar, yoşlar va kattalar örtasida “Uzbekistan Open” xalqaro turniri ötkazildi.


Tört kun davom etgan nufuzli anʼanaviy musobaqada yurtimizning barça hududlaridan saralangan sportçilar bilan birga Qirğiz Respublikasi, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Rossiya Federatsiyasi, Eron Islom Respublikasi, Möğuliston va Hindiston davlatlaridan kelgan mingdan ortiq şarqona yakkakuraş ustalari ğoliblik uçun bellaşişdi.

Şarqona yakkakuraş, xususan, taekvondoni yanada ommalaştiriş, yoş iqtidorlarni aniqlaş, sportçilarning xalqaro musobaqalarda tajribasini oşiriş va xorijiy mamlakatlar vakillari bilan özaro sport hamkorligini mustahkamlaşga qaratilgan uşbu turnirni har yili aynan Namanganda ötkazilişi bejiz emas. Boisi, viloyatda bugungi kunda 3 mingdan ortiq yoşlar taekvondo bilan muntazam şuğullanib kelmoqda. Ular orasidan iqtidorli sportçilar yetişib, jahon arenalarida muvaffaqiyatga erişmoqda.


– Xalqaro turnirda iştirokçilar turli yoş va vazn toifalarida öz mahoratini astoydil körsatişga intildi. Boisi, iştirokçilar ğoliblik sururi asnosida, 2028-yili AQŞ ning Los Anjeles şahrida böladigan navbatdagi yozgi Olimpiya öyinlari yöllanmasi uçun muhim reyting oçkolariga ham ega bölişdi, – deydi Özbekiston tayekvondo “WT” assotsiatsiyasi Namangan viloyati bölimi ijroçi direktori Xolmurod Nozimov. – Binobarin, şogirdlarimiz Olimpiya öyinlari tarixidagi ilk nufuzli musobaqa – “Parij-2024” yozgi Olimpiya öyinlarining körgazmali dasturida qatnaşib, taekvondoçilarimiz qanday mahoratga ega ekanligini körsatib qöyişgandi. Endilikda Olimpiya öyinlarining asosiy dasturi uçun yöllanmalarni qölga kiritiş oldimizda turgan eng muhim vazifalardan biridir. Namangandagi xalqaro turnir ayni şu maqsadlarimiz ijrosi yölidagi ilk deboça böldi desak aslo mubolağa bölmaydi.

Şuni alohida taʼkidlaş lozimki, musobaqada har bir yönaliş böyiça janglar ğoyat qizğin keçib, unda sportçilar yuqori texnik tayyorgarlik, çaqqonlik va matonatini namoyon qildi. Bellaşuvlarni yuqori malakaga ega bölgan xalqaro toifadagi hakamlar baholab borişdi. Bu öz navbatida yirik turnirni xalqaro qoidalar va belgilangan talablar asosida ötkazilişi, natijalarning xolis baholanişini taʼminlaşda alohida örin tutdi.


Bahslarning yakuniy natijalariga köra, erkaklar örtasida 54 kilogramm vazn toifasida Javohir Pardayev (Özbekiston), 58 kilogramm vaznda Nurxon Samidinov (Qirğiz Respublikasi), 63 kilogramm vaznda Asadbek Soataliyev (Özbekiston), 68 kilogramm vaznda Şamsiddin Qurbonov (Özbekiston), 74 kilogramm vaznda Radin Zeynali (Eron Islom Respublikasi), 80 kilogramm vaznda Amir Sina Baxtiyari (Eron Islom Respublikasi), 87 kilogramm vaznda Şohjahon Karimboyev (Özbekiston), +87 kilogramdan ortiq vaznda Xudoynazar Şodmonov (Özbekiston) kabi mahorat sohiblariga teng keladigan topilmadi.


Ayollar örtasida 46 kilogramm vaznda Valeriya Xegay (Özbekiston), 49 kilogramm vaznda Muştariybonu Bahodirova (Özbekiston), 53 kilogramm vaznda Şaparak Najafi (Eron Islom Respublikasi), 57 kilogramm vaznda Şabbona Abduvaliyeva (Özbekiston), 62 kilogramm vaznda Nastaran Valizade (Eron Islom Respublikasi), 67 kilogramm vaznda Sevinç Hayitova (Özbekiston), +73 kilogramdan oşiq vaznda Svetlana Saidova (Özbekiston) zafar quçib, “Uzbekistan Open” xalqaro turniri ğoliblari sifatida şohsupaga kötarildilar.

Turnirning barça ğolib va sovrindorlari Namangan viloyati hokimligi, Xalqaro taekvondo federatsiyasi, Özbekiston Milliy Olimpiya qömitasi, respublika Sport vazirligi tomonidan munosib ravişda taqdirlanişdi.
Oqilxon Dadaboyev, ÖzA muxbiri