Olimpiya o‘yinlarida yana cheklovlar
Yaponiyaning “Kiodo” axborot agentligi Olimpiya o‘yinlari bilan bog‘liq yangi ma’lumotlarni tarqatdi.
“Yaponiyada karonavirus infeksiyasiga chalinish holatlari yanada ortishining oldini olish maqsadida Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish tashkiliy qo‘mitasi musobaqalarning 40 foizi tamoshabinlarsiz o‘tkazilishi haqida rasmiy bayonot tarqatdi”, deyiladi “Kiodo” axborot agentligi xabarida.
Agentlikning bugungi rasmiy kanalida keltirilgan ma’lumotga ko‘ra, olimpiya o‘yinlarining rasmiy ochilish va yopilish tantanalari, shuningdek, musobaqalar o‘tadigan stadionlarda ishqibozlar soni 50 foizgacha qisqaradi. Ya’ni, 10 ming tomoshabinga mo‘ljallangan o‘yingohlarga 5 ming ishqiboz qo‘yilsa, 5 ming joyli majmualarga tomoshabinlar umuman qo‘yilmaydi. Ayniqsa, kech soat 21.00 ga belgilangan bahslar ishqibozlarsiz o‘tkaziladi.
T. RO‘ZIEV