“Olimpik mobiUz” mavsumga jiddiy tayyorlanmoqda
FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi qoshidagi maydonda «Olimpik mobiUz» jamoasi yangi mavsum oldidan ilk mashg‘ulotiga kirishdi.
Futbol klubining asosiy maqsadi proligada muvaffaqiyatli ishtirok etish bilan birga joriy yilning fevral oyida bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogida ham yuqori natijalarga erishishdir. Shu bois, jamoaning o‘tgan yilgi tarkibini saqlab qolgan holda, har bir chiziqda raqobatni oshirish maqsadida yangi futbolchilar ham yig‘inga chaqirilgan. Ijara asosida jamoada bo‘lgan futbolchilarning 2025 yilgi mavsumda ham «Olimpik mobiUz» tarkibida qolishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Negaki, jamoa futbolchilari 20 yoshgacha bo‘lgan terma jamoa o‘zagidir.
Jamoa Osiyo kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etsa, oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Jahon chempionatida esa Los-Andjelesda bo‘lib o‘tadigan olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish maqsadi bosh rejaga olib chiqilgan.
Ayni kunlarda o‘tayotgan o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarida 35 nafar futbolchi ishtirok etmoqda.
[gallery-21156]
Muhammad AMIN (surat), O‘zA