Olimpiadaning amaliy bosqiçi ötkazilmoqda
Qoraqalpoğiston Respublikasi Nukus şahrida Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasining eng muhim va masʼuliyatli bosqiçlaridan biri - amaliy imtihon rasman boşlandi.
Ayni paytda dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan eng iqtidorli yoş kimyogarlar zamonaviy laboratoriyalarda özlarining tajriba ötkaziş mahorati, tahliliy fikrlaş va amaliy könikmalarini namoyiş etmoqda.
[gallery-32360]
Uşbu bosqiç iştirokçilarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyğunlaştiriş, murakkab laboratoriya topşiriqlarini aniqlik va puxtalik bilan bajariş salohiyatini baholaşga xizmat qiladi.
Taşkilotçilarning taʼkidlaşiça, iştirokçilarga amaliy bosqiç doirasida 3 ta topşiriq taqdim etiladi. Olimpiadaning uşbu bosqiçi beş soat davom etadi.
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), ÖzA