Oilaviy jamoalar musobaqasi
Namanganda “Sog‘lom oila” shiori ostida o‘tkazilayotgan oilaviy sport musobaqalarining mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Namanganda “Sog‘lom oila” shiori ostida o‘tkazilayotgan oilaviy sport musobaqalarining mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.“Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlaridan ota-ona, o‘n ikki yoshgacha bo‘lgan bir o‘g‘il va bir qizdan iborat olti oilaviy jamoa ishtirok etdi.
– Prezidentimiz rahnamoligida sportning ommaviyligini ta’minlash, oilalarda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, shu orqali aholi salomatligini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi Zulayho Mahkamova. – Ushbu ezgu maqsadlarning amalga oshishida mana shunday tadbir va musobaqalar samarali targ‘ibot vositasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Yugurish, to‘pni to‘rga joylash, chaqqonlik va merganlik, arqon tortish, xalqa aylantirish, ko‘pkurash kabi ommaviy sport o‘yinlaridan iborat bahslarda Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanidan Muzaffar Ahmedov, Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidan Muzaffar Jo‘rayevlar oilasi g‘olib bo‘ldi.