Oila – muqaddas
Jamiyatimizda oila institutining o‘rni alohida ahamiyatga ega. Ayniqsa, farzandlarni milliy va ma’naviy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, jamiyatda barqaror muhitni ta’minlashda oila instituti mustahkamligi dolzarb.
“Adolat” SDP Toshkent shahar Kengashi tashabbusi bilan Yangihayot tumanida joylashgan Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumida “Oila – muqaddas” shiori ostida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir davomida oilaning jamiyat hayotidagi muhim o‘rni, oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash, farzand tarbiyasida ota-onaning mas’uliyati, yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash kabi dolzarb mavzular yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Qayd etilganidek, bugungi globallashuv davrida yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash, ularning ma’naviy immunitetini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda oila muqaddasligini keng targ‘ib etish muhim hisoblanadi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar yoshlarga o‘z hayotiy tajriba va tavsiyalarini ulashdi.
Bu kabi muloqotlar yosh avlod qalbida oilaga bo‘lgan hurmat va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.
M.Komilova, O‘zA