Oila – bola uchun eng ishonchli qo‘rg‘on
FOTOREPORTAJ
Mamlakatimizda yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan o‘g‘il-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni oilaviy muhitda tarbiyalashda oilaviy bolalar uylari tizimi muhim o‘rin tutmoqda.
[gallery-23236]
Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi Yangi turmush mahallasida tashkil etilgan 1-sonli oilaviy bolalar uyi ham ana shunday ezgu maqsad yo‘lida faoliyat olib bormoqda. Bu yerda 10 nafar bola tarbiyalanayotir. Ular bu yerda ota-ona mehridan bahramand bo‘lib, barcha qulayliklarga ega sharoitda kamolga yetmoqda.
Bolalarning har biri qiziqishiga qarab fan va sport to‘garaklariga jalb etilgan.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA