Ogoh bo‘ling – sifatsiz mahsulotlar...
«PROJEKTOR»
Sifati kafolatlanmagan jiddiy tahdidli projektordan ehtiyot bo‘ling!
Mahsulot nomi: LED reflektor
Ishlab chiqaruvchi davlat: noma’lum
Xavf turi: Elektr tok urishi ehtimoli mavjud
Tavsifi: Kulrang projektor
Mahsulotda kerakli belgilar va xavfsizlik talablari bo‘yicha yo‘riqnomasi mavjud emas. Bu esa iste’molchining mahsulotdan noto‘g‘ri foydalanishiga sabab bo‘ladi.
Mahsulotning himoya qopqog‘i mustahkam emasligi oqibatida, undan suv o‘tishi mumkin. Bundan tashqari, mahsulot simlari noto‘g‘ri ulangan, bu esa simlarning zaiflashuviga olib keladi. Mahsulotning yuza qismi esa kabel izolyatsiyalarining zaifligi sababli, har-xil ob-havo sharoitlariga chidamsiz. Natijada mahsulot izolyatsiyasi o‘zidan ochiq joy hosil qilishi va foydalanuvchi ularga tegib, elektr tok urishidan zarar ko‘rishi mumkin.
Mahsulot past kuchlanishli elektr uskunalari to‘g‘risidagi ko‘rsatma va Yevropa standarti EN 60598 talablariga muvofiq emas.
BOLALAR AVTO O‘RINDIG‘I

Mahsulot nomi: "Tian Core“, ”Tian Elite"
Rusumi: "Recaro"
Ishlab chiqaruvchi davlat: Italiya
Xavf turi: jarohatlanish
Jiddiy tahdidga ega bolalar o‘rindig‘ining kamari avtomobil himoya kamari tizimiga mos kelmasligi yoki mustahkam joylanmasligi mumkin. Natijada o‘rindiq himoya funksiyasini bajarmasligi va bolalarning jarohat olishiga olib kelishi mumkin. Mahsulot UN/ECE No 44-04 reglamenti talablariga muvofiq emas.
Axborot tizimiga kiritilgan sifatsiz mahsulotlar bilan sontrol.standart.uz elektron manzilida batafsil tanishishingiz mumkin.
«O‘zstandart» agentligi
matbuot xizmati