Og‘ir atletika: Kubok musobaqalarida Navoiy va Surxondaryo jamoalari yetakchi
Shu kunlarda Termiz shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar (U17) va kichik o‘smirlar (U-15) o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqalari davom etmoqda.
Ortda qolgan ikki kunlik bahslar sarhisobiga ko‘ra, U17 yosh toifasidagi musobaqalarda Navoiy viloyati jamoasi a’zolari 5 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan 11 ta jamoa orasida yetakchilik qilmoqda.

2-o‘rinni band etgan Respublika og‘ir atletika markazi sportchilari 2 ta oltin medalga, 3-o‘rin sohibi Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi jamoasi 1 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza medalga egalik qilib turibdi.

Mamlakat kubogining bu yilgi musobaqalari har qachongidan ham shiddatli o‘tmoqda.
Bu ishtirokchilar sonida, ular qayd etayotgan natijalarda o‘z aksini topgan bo‘lib, umumiy ko‘rskatkichda 19 ta jamoa orasida Termiz, Xorazm, Navoiy va Surxondaryo jamoalari 2 tadan oltin medallarni qo‘lga kiritgan holda kubokka da’vogarlik qilmoqda.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA