O‘g‘il-qizlarning darsdan bo‘sh vaqti samarali o‘tmoqda (video)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabida “Madaniyat va san’at”, “Texnik konstruktorlik va modellashtirish”, “Jismoniy tarbiya va sport”, “Turizm va ekologiya”, “Hunarmandchilik va ekologiya”, “Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlash”, “Xorijiy tillar” kabi yo‘nalishlarda 57 ta to‘garak tashkil etilgan.
To‘garaklarda jami 2 mingdan ziyod o‘g‘il-qiz bilim va mahorat oshirmoqda. Mashg‘ulotlarni qiziqarli va samarali tashkil etish uchun barcha sharoit yaratilgan. “Robototexnika”, “Kompyuter dizayni va grafikasi”, “Mental arifmetika”, “Maktabga tayyorlov”, “Bichish-tikish”, “Raqs”, “Yosh musavvir”, “Mini futbol” kabi to‘garaklarga qiziqish bildirayotgan yoshlar ayniqsa, ko‘pchilikni tashkil etadi.
[gallery-21802]
Bundan tashqari, tuman hududidagi 30 ga yaqin umumta’lim maktabida “Barkamol avlod” bolalar maktabining filiallari tashkil etilgan. Ushbu to‘garaklar chekka qishloq yoshlarining ham darsdan bo‘sh vaqtini samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/SndAhCpRSNE?si=SRnjCy-6ywzy5DPY" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Maqsad HABIBULLAEV(surat,video),O‘zA