O‘FA bilan bog‘liq xabarlarga munosabat bildirildi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ijtimoiy tarmoqlarda assotsiatsiya bosh hisobchisi qanchadir mablag‘ni o‘zlashtirib qochib ketgani to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
Unda ta’kidlanishicha, O‘FA tomonidan holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
"Ommaviy axborot vositalari vakillaridan tekshirilmagan va hali tasdig‘ini topmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘raymiz.
O‘rganish ishlari yuzasidan tegishli xulosalar chiqarilgach, natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi", deyiladi munosabatda.
T. Ro‘ziyev, O‘zA