OCHL-2: “Andijon” yana durang o‘ynadi
Futbol bo‘yicha Osiyo chempionlar ligasi-2 musobaqasining g‘arbiy mintaqasida uchinchi tur uchrashuvlari o‘tkazildi.
Biz uchun ahamiyatlisi mazkur musobaqaning “B” guruhida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan “Andijon” o‘z maydonida Bahraynning "Al Xoldiya" jamoasi bilan nursiz durangga imzo chekdi. Shuningdek, guruhdagi ikkinchi o‘yinda “Al-Ahli” va “Arkadag‘” jamoalari raqobatlashdi va bahs 2:2 hisobida yakunlandi.
Shu tariqa, “B” guruhida "Al Xoldiya" 5 ochko bilan peshqadamligini saqlab qolgan bo‘lsa, “Al-Ahli” va “Andijon” 3 ochko bilan 2-3 pog‘onalardan joy oldi. “Arkadag‘” klubi esa 2 ochko bilan so‘nggi o‘rinda qoldi.
Guruh bahslarining 4-turi 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Unda "Al Xoldiya" – “Andijon”, “Arkadag‘” – “Al-Ahli” jamoalari bellashuviga guvoh bo‘lamiz.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA