OCHL-2: “Andijon” yana durang o‘ynadi
Futbol bo‘yicha Osiyo chempionlar ligasi-2 musobaqasining g‘arbiy mintaqada ikkinchi tur uchrashuvlari bahslari davom etmoqda.
Musobaqaning biz uchun ahamiyatli bo‘lgan “B” guruhida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan “Andijon” o‘z maydonida “Al-Ahli”bilan raqobatlashdi. “Bobur-Arena” stadionida o‘tgan ushbu uchrashuvda hisob ochilmadi va jamoalar o‘z 1 ochkodan bo‘lishib oldi.


Endi “Andijon” guruh bosqichining uchinchi turini 22 oktyabr kuni “Al-Xoldiya” klubiga qarshi soat 18:45 da o‘z maydonida raqobatlashadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA