“Ochiq eshiklar kuni” loyihasiga start berildi (+video)
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kun” loyihasi yo‘lga qo‘yildi. Loyiha doirasida 1 iyundan 30 avgustgacha maktab o‘quvchilari va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni sog‘lomlashtirish va har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib boriladi. Toshkent shahridagi 326 ta umumta’lim maktabida o‘tkazilgan so‘rovnomada 494 208 o‘quvchidan 169 551 nafari yoz mavsumidagi turli tadbir va oromgohlarga jalb etilishi rejalashtirilgan.
Toshkent shahrida o‘quvchilarning yozgi ta’tilini mazmunli va samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ijodiy jamoamiz bilan Yunusobod tumani Osiyo ko‘chasi 40 uyda joylashgan Madaniyat bo‘limida bo‘ldik. Ushbu markazida milliy va yevropa raqs, estrada xonandaligi, aktyorlik, tasviriy san’at, cholg‘u ijrochiligi bo‘yicha bolalar va yoshlar uchun ko‘plab darslar tashkil qilinadi. Bugungi tashrifimiz “Ochiq eshiklar kuni” loyihasiga to‘g‘ri keldi va "vip mehmon"larni kutib olishganiga guvohi bo‘ldik. Kim ekan u "vip mehmon"lar deysizmi unda lavhamizni tomosha qiling.
“Dolzarb 90 kun” dasturi yozgi ta’tilni nafaqat dam olish, balki o‘quvchi-yoshlar uchun o‘sish, o‘rganish, rivojlanish va yangi imkoniyatlar sari yo‘l sifatida qaralayotganini ko‘rsatmoqda. Mazkur tashabbus kelajak avlodning sog‘lom, bilimli va faol bo‘lib ulg‘ayishi uchun muhim zamin yaratadi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/PbeXZHjPwwk" title="Ochiq eshiklar kuni” loyihasiga start berildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, N. Abduvoitov (video), O‘zA