Ochilov Samar Umarqul o‘g‘lining texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“G‘o‘zapoyali dalalarni shudgorlaydigan plugning moslamali disksimon ishchi organi parametrlarini asoslash” mavzusida
Ochilov Samar Umarqul o‘g‘lining 05.07.01 – “Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” ixtisosligida “G‘o‘zapoyali dalalarni shudgorlaydigan plugning moslamali disksimon ishchi organi parametrlarini asoslash” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.06.2020.T.111.02 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 2 avgust kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 180100, Qarshi shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 225-uy, 1-bino, 239-xona.
Tel: (+99875) 221-09-23, faks: (+99875) 224-13-95.
Ye-mail: qmii@qmii.uz.