OAV: Ukraina Yevropaga ultimatum qo‘ymoqda
Germaniya, Fransiya va Yevropaning boshqa mamlakatlari Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni bekor qilishga erishgan taqdirda Ukraina Minsk kelishuvlarini bajarishdan bosh tortadi.
Germaniya, Fransiya va Yevropaning boshqa mamlakatlari Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni bekor qilishga erishgan taqdirda Ukraina Minsk kelishuvlarini bajarishdan bosh tortadi. Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin ma’lum qildi, deyiladi “Yevropa haqiqati“ nashri xabarida.
“Agarda sizlar Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni bekor qilishga qaratilgan bosimni kuchaytirsangiz, men o‘sha kuni Minsk kelishuvi endi amal qilmasligini ma’lum qilaman. Bunday vaziyatda ushbu bitimni Rossiya va sizlar barbod qilgan bo‘lasizlar“, deya murojaat qilgan Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin o‘zining yevropalik hamkasblariga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Donbass aholisiga Rossiya pasportlari berilishi sababli sanksiyalarni bekor qilish mumkin emas.
Chexiya tashqi ishlar vaziri Tomash Petrshichek 13 may kuni Donbass aholisiga Rossiya pasporti berilishi sababli Yevropa Ittifoqi Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalarni joriy etishni rejalashtirmaganini bildirgandi. Ruminiyalik vazir Teodor Meleshkanu ham hamkasbi fikrlarini qo‘llab-quvvatlagan holda, ushbu vaziyatda Rossiyaga yangi sanksiyalarning joriy qilinishi Ukraina uchun ham muammolar tug‘dirishi mumkinligini qayd etdi.
Bundan avvalroq Rossiya Ukrainaning Donesk va Lugansk viloyatlari alohida tumanlari aholisi uchun Rossiya pasportlari berish tartibini soddalashtirgandi.
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, ushbu chora-tadbirlar gumanitar xarakter kasb etadi, deyiladi Rambler xabarida.