OAV: Tramp Yevropa bilan savdo urushini boshlamoqchi
AQSh Prezidenti Donald Tramp Yevropaga bojlar bilan tahdid qilmoqda, deyiladi “Vesti.ru” xabarida.
AQSh Prezidenti Donald Tramp Yevropaga bojlar bilan tahdid qilmoqda, deyiladi “Vesti.ru” xabarida.
Qayd etilishicha, Tramp Yevropa Ittifoqi savdo muzokaralaridan bosh tortsa qat’iy iqtisodiy choralar ko‘rishini ma’lum qilgan.
“Biz ular yetkazib berayotgan qo‘plab mahsulotlarga boj kiritayapmiz” degan AQSh Prezidenti.
Tahlilchilarga ko‘ra, bu vaziyatda Yevropa ham “jim turmaydi”. Ular qat’iy pozitsiyada va bojlar kiritilgudek bo‘lsa, javob choralarini qabul qilishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil mart oyida AQSh po‘lat va aluminiyga 25, 10 foizlik boj kiritishini e’lon qilgan edi. Yangi boj tarifi 1 iyundan kuchga kirishi kerak bo‘lgan. Sal keyinroq Tramp Yevropa avtomollariga 20 foizlik boj joriy qildi. Bunga javoban Yevropa Ittifoqi AQShga 300 milliard dollarlik qarshi choralar ko‘rishini ma’lum qildi.