O‘zim xohlagan mutaxassislikda o‘qiyman
Prezidentimiz rahnamoligida umumta’lim maktablari bitiruvchilarini ta’limning keyingi bosqichiga jalb etish, ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ta’lim-tarbiya, kasb-hunar o‘rgatish jarayonini yanada takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Prezidentimiz rahnamoligida umumta’lim maktablari bitiruvchilarini ta’limning keyingi bosqichiga jalb etish, ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ta’lim-tarbiya, kasb-hunar o‘rgatish jarayonini yanada takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘tkazilayotgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari bu borada muhim ahamiyat kasb etayotir. Andijon viloyatidagi 129 kasb-hunar kolleji va akademik litseyda ham maktab bitiruvchilarini ta’limning keyingi bosqichiga qamrab olish, o‘zlari qiziqqan mutaxassislik bo‘yicha o‘qishni davom ettirishini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Andijon mashinasozlik kasb-hunar kollejida bo‘lib o‘tgan shunday tadbirda umumta’lim maktablarining bitiruvchilari va ularning ota-onalari ishtirok etdi.
– Ta’lim dargohimizda 1100 ga yaqin o‘quvchi 7 mutaxassislik bo‘yicha tahsil oladi, – deydi ushbu kollej direktori Dostonbek O‘rinov. – Kollejda mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim yo‘nalishlaridan bo‘lgan mashinasozlik sanoati korxonalari uchun malakali mutaxassislar tayyorlanadi. O‘quv xonalari, ustaxona, maxsus laboratoriya, lingafon, informatika, multimedia xonalari, 17 mingdan ziyod kitob fondiga ega axborot-resurs markazi va sport zali zamonaviy tarzda jihozlangan. 18 fan to‘garagi, 6 sport seksiyasi, “Orasta qizlar” to‘garagi, badiiy havaskorlik guruhi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Maktab bitiruvchilariga kollejdagi mavjud mutaxassisliklar, shart-sharoitlar va imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Tadbir doirasida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan buyumlar, ularning ijodiy ishlari ko‘rgazmasi, sport musobaqasi, ko‘ngilochar dasturlar tashkil etildi.
– Bugun kollej haqida, mavjud mutaxassisliklar bo‘yicha keng ma’lumotga ega bo‘ldim, – deydi Andijon shahridagi 30-umumta’lim maktabi bitiruvchisi Ziyodullo Ahmadullayev. – Texnikaga juda qiziqaman, kelajakda avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassis bo‘lishni maqsad qilganman. Maktabni tamomlagach, ushbu kollejda o‘qishni davom ettirmoqchiman.