“Oʻzbekistonbilanbirdamlik” deb nomlangan aksiya boshlandi
Yangi turdagi koronavirus epidemiyasiga qarshi global kurash doirasida Oʻzbekistonda kam taʼminlangan oilalarni himoya qilish, tibbiyot xodimlarini qoʻllab-quvvatlash, iqtisodiyot uchun ushbu inqirozni imkon qadar talafotsiz oʻtkazish maqsadida kompleks chora-tadbirlar qabul qilinmoqda.
Fransiyadagi elchixonamizdan xabar keldi.Yangi turdagi koronavirus epidemiyasiga qarshi global kurash doirasida Oʻzbekistonda kam taʼminlangan oilalarni himoya qilish, tibbiyot xodimlarini qoʻllab-quvvatlash, iqtisodiyot uchun ushbu inqirozni imkon qadar talafotsiz oʻtkazish maqsadida kompleks chora-tadbirlar qabul qilinmoqda.
Koronavirus tarqalishi tufayli dunyoda, jumladan, Oʻzbekistonda yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqib, Fransiyada yashayotgan vatandoshlarimiz orasidagi tashabbuskor guruh tomonidan “Oʻzbekistonbilanbirdamlik” deb nomlangan aksiya boshlandi. Ushbu aksiya doirasida Fransiyada istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz Oʻzbekistondagi kam taʼminlangan aholi qatlamining pandemiyaga qarshi kurashiga yordam berish uchun ixtiyoriy tarzda mablagʻ yigʻishni boshladi. Mazkur mablagʻlar Oʻzbekistonda yashayotgan fuqarolarimizning tibbiy va ijtimoiy ehtiyojlariga yoʻnaltiriladi.
Ushbu insonparvarlik loyihasida ishtirok etishni xohlaganlarga pul oʻtkazmalarini maxsus hisob raqamiga https://www.lepotsolidaire.fr/pot/keds67ys. ilovasi orqali amalga oshirishi mumkin.
Oʻzbekistonda fuqarolarni qoʻllab-quvvatlashga oʻz hissasini qoʻshishga tayyor boʻlgan insonlarni kengroq xabardor qilish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda quyidagi guruhlar tashkil etildi: Facebook — www.facebook.com/groups/covid19uz, Telegram — https://t.me/covid19uz_fr | @covid19uz_fr.
Vatandoshlarimizning taʼkidlashicha, birgalikda amalga oshirgan harakatlar kam taʼminlangan aholi qatlamiga hamda epidemiyaga qarshi kurash jarayoniga jalb qilingan tibbiyot xodimlariga turmushidagi qiyinchiliklarni yengib oʻtishga yordam beradi.