O‘zbekiston Prezidenti Minsk shahriga keldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 9-oktabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Minsk shahriga keldi.
Minsk, 9-oktabr. O‘zA maxsus muxbiri Anvar Boboyev xabar qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 9-oktabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Minsk shahriga keldi.
MDH sammitining asosiy voqealari 10-oktabr kuni bo‘ladi.
Prezidentimiz Islom Karimov an’anaga muvofiq davlat rahbarlarining tor doirada va kengaytirilgan tarkibda o‘tkaziladigan uchrashuvlarida ishtirok etadi. Sammit kun tartibidan Hamdo‘stlik davlatlari o‘rtasidagi ko‘pqirrali hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokamasi o‘rin olgan.
Majlis yakunida MDH doirasida turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilmoqda.