Oʻzbekiston Milliy atlasi yaratilmoqda
Bu haqda “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi Axborot xizmati xabar bermoqda.
“Kartografiya” Davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 204-f-son farmoyishiga asosan 424 ta xaritani oʻz ichiga jamlagan 2 tomdan iborat Oʻzbekiston Milliy atlasi yaratilmoqda.
Bu haqda “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi Axborot xizmati xabar bermoqda.
2019-yilda Atlasning I tomi boʻyicha ishlar toʻliq yakunlandi va hozirda 12 ta vazirlik va idora bilan kelishildi.
Atlasning II tomining 1-4 boʻlimlarida ham ishlar yakunlandi va bu jami 357 ta xaritani (84 foizini) tashkil etadi.
Atlasning II tomi 4-boʻlimidagi iqtisodiyotga oid 67 ta xaritani yaratish va yakuniy chop etish ishlarini 2020-yil oktyabr oyi yakuniga qadar tugatish rejalashtirilgan.
Chop etish ishlari esa yil yakuniga qadar yakunlanadi.