O‘zbekiston maktablarida pullik xizmat joriy etiladi
Pullik xizmatlar uchun to‘lov kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun umumiy narxning 50 foizi miqdorida belgilanadi.
Pullik xizmatlar uchun to‘lov kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun umumiy narxning 50 foizi miqdorida belgilanadi.
Hukumat qarori (343-son, 22.04.2019 y) bilan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pullik ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqida “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.
Nizomga muvofiq, pullik ta’lim xizmatlari zarur moddiy-texnika bazasi va tegishli pedagog xodimlarga ega bo‘lgan maktablarda tashkil etiladi.
Pullik ta’lim xizmatlari shartnoma asosida ko‘rsatiladi.
Mazkur xizmatlarga o‘quvchilarni majburiy jalb etish taqiqlanadi.
Pullik xizmatlar uchun to‘lov kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun umumiy narxning 50 foizi miqdorida belgilanadi.
Bitta guruhda mashg‘ulotlarda qatnashuvchilarning soni 35 nafardan oshishi mumkin emas.
Pullik xizmatlardan tushadigan mablag‘ning 50 foizidan kam bo‘lmagan qismi pedagog o‘qituvchilarga beriladi.
Pullik xizmatlar uchun haq banklar orqali to‘lanadi, to‘lovni maktabda amalga oshirish taqiqlanadi.
Hujjat haqidagi to‘liq ma’lumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.