Oʻzbekiston kubogi qizgʻin oʻtmoqda
DZYUDO. Poytaxtimizdagi “Oʻzbekiston” sport majmuasida dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston kubogi bahslari oʻtkazilmoqda
DZYUDO. Poytaxtimizdagi “Oʻzbekiston” sport majmuasida dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston kubogi bahslari oʻtkazilmoqda.
Unda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan 500 nafarga yaqin polvonlar 14 vazn toifasida oʻzaro raqobatlashmoqda.
Mamlakat kubogining dastlabki kunida vazni 60, 66, 48, 52, 57 kilogrammgacha boʻlgan dzyudochilar raqobatlashdi. Ushbu bahslarda Kemran Nurillayev, Sardor Nurillayev, Gulnur Muratbayeva, Shukurjon Aminova, Ibodatxon Agajonova oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Musobaqaning bugun, 24 dekarb kuni boʻlib oʻtadigan bahslarida erkaklar 73, 81, 90 kilogrammgacha vazn toifasida, ayollar esa 63, 70 kilogrammgacha vaznda gʻoliblik uchun bellashadilar.
Eslatib oʻtamiz, musobaqa 25 dekabr kuni yakunlanadi.