Oʻzbekiston delegatsiyasi Qozogʻistonda
Joriy yilning mart oyida “Astana Opera“ opera va balet teatrida 2018 yil Qozogʻistonda “Oʻzbekiston yili“ deb eʼlon qilingan edi.
Joriy yilning mart oyida “Astana Opera“ opera va balet teatrida 2018 yil Qozogʻistonda “Oʻzbekiston yili“ deb eʼlon qilingan edi. Anjumanda soʻzga chiqqan Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti ushbu voqea Navroʻz bayrami arafasida boʻlgani muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida taʼkidlab oʻtgan edi. Shuningdek, 2018 yilda Qozogʻistonda siyosiy, iqtisodiy, madaniy, gumanitar va boshqa sohalarda koʻplab qoʻshma tadbirlar oʻtkazildi. Har ikki tomon tashabbusi bilan oʻtkazilgan tadbirlarda oʻzbek va qozoq xalqlari bir-birini qoʻllab-quvvatlash va birgalikda ishlash qanday boʻlishini butun dunyoga koʻrsatdi.
11 dekabr kuni “Oʻzbekiston yili“ning yopilish marosimini oʻtkazish uchun Oʻzbekiston madaniyati va sanʼatining 70 nafar vakillaridan iborat delegatsiya Qozogʻistonga tashrif buyurdi.
Tantanali marosim bugun – 12 dekabr kuni “Qozogʻiston“ markaziy konsert zalida boʻlib oʻtadi. Konsertda milliy va qozoq qoʻshiqlari va albatta rang-barang raqslar namoyish etiladi.
Delegatsiya rahbari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev.






