Oʻzbekiston 26,3 tonna asal eksport qildi
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 20,3 tonnaga yoki 4,4 baravarga oshgan.
Oʻzbekiston 2020-yilning 8 oyi davomida xorijiy davlatlarga qiymati 41,8 ming dollarga teng boʻlgan 26,3 tonna asal eksport qilgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 20,3 tonnaga yoki 4,4 baravarga oshgan.
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan 8 oy mobaynida Oʻzbekiston AQSHga 11,2 tonna, Koreya Respublikasiga 10 tonna, BAAga 3,1 tonna, Quvaytga 2 tonna asal eksport qilgan.
Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, asal eksportining asosiy qismi poytaxt hissasiga toʻgʻri kelgan. Jumladan, shu davrda Toshkent shahri 21,2 tonna, Jizzax viloyati 3,1 tonna, Samarqand viloyati 2 tonna, Namangan viloyati 0,1 tonna asal eksport qilgan.