Nyu-Yorkka uchgan samolyot Dehlida to‘xtadi
Bugun Mumbay – Nyu-York yo‘nalishida havoga ko‘tarilgan “Air India” aviakompaniyasiga qarashli samolyot xavfsizlik tahdidi paydo bo‘lgani uchun Nyu-Dehliga qo‘ngan. Bu haqda NDTV telekanali xabar tarqatdi.
– Mumbaydan Kennedi nomidagi aeroportga tomon parvoz qilayotgan AI-119 reysi maxsus xavfsizlik ogohlantirishini oldi va hukumat ko‘rsatmasi bilan Dehliga yo‘naltirildi, – deyilgan aviakompaniya e’lon qilgan xabarda. Barcha yo‘lovchilar tushirilib, Dehli aeroporti terminaliga olib o‘tilgan. Axborotda ekipaj qanday mazmunda ogohlantirilganiga aniqlik kiritilmagan.
Ta’kidlanishicha, hozir samolyot xavfsizlik xodimlari, jumladan bombani aniqlash guruhi tomonidan tekshirilmoqda.
– Indira Gandi xalqaro aeroportiga qo‘ngan uchoq sahnidagi yo‘lovchilar va ekipaj xavfsizligini ta’minlash uchun standart protokolga qat’iy rioya qilinmoqda, – degan yuqori martabali politsiya xodimi.