Nurutdinova Zuhra Alisherovnaning iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirishda innovatsion boshqaruv mexanizmini takomillashtirish” mavzusida
Nurutdinova Zuhra Alisherovnaning 08.00.13 - “Menejment” ixtisosligi bo‘yicha “Issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirishda innovatsion boshqaruv mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.08/2025.27.12.I.03.03 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 17-iyun kunidagi majlisida bo’lib o‘tadi.
Manzil: 170600, Andijon viloyati, Kuygan-Yor qo‘rg‘oni, Oliygoh ko‘chasi, 1-uy.
Tel/faks: (99874) 224-02-82
e-mail: andqxai@exat.uz