Nukusda tibbiy ko‘rik tashkil etildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri “Chimboy choyxona” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 3-sonli Oilaviy poliklinikada “Sog‘lom jamiyat — kuchli davlat” shiori ostida bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashidagi partiya guruhi a’zolari, Nukus shahar hokimligi, “mahalla yettiligi” vakillari, shahar Tibbiyot birlashmasi va 3-sonli Oilaviy poliklinika shifokorlari hamda hudud aholisi ishtirok etdi.

Kasalliklarni erta aniqlash va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilgan ko‘rik davomida 16 nafar fuqaroga davolanishi uchun yo‘llanma, 2 nafar fuqaroga “Oq tosh” va “Zomin” sanatoriylariga yo‘llanma berildi. Shuningdek, 1 nafar fuqaroning nogironlik guruhi belgilandi.

Tadbir davomida bir ming nafardan ortiq fuqaroga salomatligini mustahkamlash, turli kasalliklarni oldini olish bo‘yicha shifokorlar tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.
Dovud Abibullayev, O‘zA