Norinda yoshlar bandligi ta’minlanib, yerdan daromad olinmoqda
FOTOREPORTAJ
Mamlakatimizda yoshlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish va barqaror daromad manbai yaratishga qaratilgan islohotlar izchil davom etmoqda. Shu maqsadda yoshlar hamda “daftar”larda ro‘yxatda turgan fuqarolarga hududlarda 15–20 sotixdan yer maydonlari ajratish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.
Namangan viloyati Norin tumanida ham ushbu tashabbus samarali amalga oshirilmoqda. Jumladan, Xo‘jaqo‘rg‘oncha mahallasida yoshlar daftarida turgan fuqarolarga ajratilgan yer maydonlaridan unumli foydalanish yo‘lga qo‘yilgan.
Ayni paytda yer bilan ta’minlangan yoshlar erta bahordanoq ilk hosilni olishga erishmoqda. Xususan, qulupnay yetishtirish bilan shug‘ullanayotganlar har hafta o‘rtacha 15–20 kilogrammdan mahsulot yig‘ib, uni mahalliy bozorlarga yetkazib bermoqda. Bu esa ularning daromadini oshirish bilan birga, bozorlarda yangi va sifatli mahsulotlar taklifini ko‘paytirishga ham xizmat qilayotir.
[gallery-28700]
Mutaxassislar ta’kidlashicha, bunday amaliyot yoshlarning yerga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni mehnatga rag‘batlantirish hamda qishloq xo‘jaligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA