Norinda xrizantemalar gulladi
Namangan viloyati Norin tumanidagi Xöjaqörğonça mahallasida yaşovçi Akif Qudratullayev yetiştirayotgan xrizantemalar özining rang-barangligi va nafisligi bilan eʼtiborni tortadi.
Oq, sariq, puşti va boşqa ranglarda oçilgan gullar kuz fasliga özgaça körk bağişlamoqda. Bir-biridan çiroyli xrizantemalar gulçilikka mehr qöygan insonning mehnati va parvarişi samarasidir.
Xrizantema kuzda gullaydigan manzarali ösimliklardan biri bölib, ranglari va gul şakllarining xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Uni yetiştiriş muntazam parvariş, eʼtibor va sabr-toqat talab etadi.
[gallery-32336]
A. Qudratullayev parvarişlayotgan gullar ham ana şunday mehnat mahsuli. Kuzning salqin kunlarida qiyğos gullagan xrizantemalar atrofga fayz bağişlab, tabiatning rang-barangligini namoyon etmoqda.
Hotam MAMADALIYEV (surat), ÖzA