Nokia Rossiyadagi faoliyatini butunlay to‘xtatmoqchi
Finlandiyaning telekommunikatsiya uskunalarini ishlab chiqaruvchi Nokia kompaniyasi Rossiyadagi biznesining katta qismini yopishni rejalashtirmoqda, deb xabar tarqatdi Reuters.
"Yil oxiriga kelib Rossiyadagi xodimlarimizning katta qismi Nokiani tark etadi va biz barcha ofislarimizni yopamiz", — degan kompaniya vakili.
Uning qo‘shimcha qilishicha, kompaniyaning yuridik yopilishi nihoyasiga yetmagunga qadar mamlakatda rasman bo‘lib turish davom etadi.
Telekommunikatsiya uskunalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Shvetsiyaning Ericsson kompaniyasi ham Rossiya bozorini tark etayotgani haqida e’lon qildi. Kompaniya Rossiyadagi vakolatxonasini yil oxirigacha yopishni va barcha xodimlarni ishdan bo‘shatishni bildirgan. Ericsson vakillarining ta’kidlashicha, buyurtmachilar bilan shartnomalar bajarilgandan keyin kompaniya Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatadi.
Shveysariyaning Logitech kompaniyasi ham shu vaqtgacha Rossiyada faoliyat olib borayotgandi. Endi ushbu kompaniya ham Rossiyada “do‘konini” yopishga qaror qildi. Biroq kompaniya matbuot xizmati a’zosi Ben Starkining RIA Novostiga kompaniya vaziyat yo‘l qo‘yganda albatta Rossiyaga qaytishini aytgan.
Logitech texnologik mahsulotlari ishlanmalari bilan shug‘ullanadi. Kompaniya ikkinchi aprel kuni Rossiyaga texnika yetkazib berishni to‘xtatgan edi.
Rossiya Ukrainada maxsus amolyot boshlaganidan keyin ko‘plab g‘arb kompaniyalari Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatishini e’lon qilgan edi. Qator korxonalar Rossiya bozoridan butunlay ketayotganini ma’lum qildi.