Nodirbek kuchli shaxmatchilar bilan bahslashmoqda
Ispaniyaning Barselona muzofoti Kasteldefels shahrida shaxmat bo‘yicha “Yel Llobregat” xalqaro turniriga start berildi.
Xalqaro turnirda dunyoning 30 dan ortiq mamlakatidan 150 nafar mahoratli shaxmatchi g‘oliblik uchun dona surmoqda.
Ishtirokchilar reytingida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov 2 ming 646 ochko bilan eng yaxshi natijaga ega shaxmatchi sifatida qayd etilgan, deya xabar bermoqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati.
“Yel Llobregat” xalqaro turnirining ikkinchi raqamli shaxmatchisi esa dunyoning 16-chempioni, ukrainalik Ruslan Ponamaryov. U 1998 yilda jahonning eng yosh grossmeysteriga aylangandi. Ponamaryov hozirda 2 ming 633 reyting ochkosiga ega bo‘lib turibdi.
Xalqaro turnir shveysarcha tizimda o‘tkaziladi. 9 tur davom etadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA