Nodavlat kasbiy ta’lim tashkilotlari rahbarlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi (+video)
Bugungi kunda ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, iqtisodiyotning real sektorini malakali kadrlar bilan ta’minlash, mehnat bozori talablariga mos mutaxassislarni tayyorlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Kasbiy ta’lim tizimida ham keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Texnikumlar faoliyati tubdan takomillashtirilmoqda, dual ta’lim keng joriy etilmoqda, ish beruvchilar bilan hamkorlik yangi bosqichga olib chiqilmoqda, bitiruvchilar bandligini ta’minlash tizimi tubdan qayta ko‘rib chiqilmoqda. Bu jarayonda nodavlat kasbiy ta’lim tashkilotlarining o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi.
Belgilangan tartib va nizomlarni amalda qo‘llanish jarayonlarini nazoratga olish maqsadida O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan nodavlat kasbiy ta’lim tashkilotlari rahbarlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Ushbu tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad nodavlat kasbiy ta’lim tizimining bugungi holatini birgalikda tahlil qilish, mavjud muammolarni ochiq muhokama qilish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilab olishdan iborat. Ochiq muloqot yakuni bo‘yicha bildirilgan takliflar, ularni amalga oshirish mexanizmi Agentlik tomonidan alohida ko‘rib chiqilishi belgilab olindi.
Batafsil:
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Ky3kG-N1Gu8" title="Nodavlat kasbiy ta’lim tashkilotlari rahbarlari bilan ochiq muloqot o`tkazildi " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Salimjon Obidjonov, O‘zA