Nishonlik saylovchilar ham saylovda faol qatnashmoqda (+video)
Muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi Qashqadaryo viloyatining barcha tuman va shaharlarida ham qizg‘in davom etmoqda. Ular qatorida Nishon tumanidagi “Yuksalish” mahallasida joylashgan 750-saylov uchastkasi ham bor.
Erta tongdan mazkur saylov uchastkasida ovoz berish jarayonlari mahalliy aholining faolligi bilan boshlandi. Mazkur saylov uchastkasida ro‘yxatga olingan saylovchilar birin-ketin o‘z istak-irodalarini emin-erkin ifoda etmoqdalar.


Tumanning yana bir obod mahallalaridan biri “Navbahor” mahallasida yashovchi Nilufar Xoliqova ushbu prezidentlik saylovida ilk marta ovoz berayotganini ta’kidlab o‘tdi.
– Bugungi saylovda birinchilardan bo‘lib o‘zim Prezidentlikka munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdim, – deydi N.Xoliqova. – Albatta, biz saylagan nomzod ertaga yurtimiz taraqqiyoti va kelajagimizning yanada porloq bo‘lishi uchun xizmat qiladi.


Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, Nishon tumanida 18-30 yoshgacha bo‘lganlar 33 ming 947 nafarni tashkil etadi, shundan bugungi saylovda nishonlik 542 nafar yoshlar ilk marta ishtirok etmoqdalar.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/KUdE6Isg550" title="Nishonlik saylovchilar ham saylovda faol qatnashmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>
O‘tkir Alimov, O‘zA