Nigina ikkinchi davraga chiqdi
BAAning Dubay shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan “W10" toifasiga kiruvchi turnirda hamyurtimiz Nigina Abduraimova ishtirok etmoqda.
Mukofot jamg‘armasi 100 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu turnirda Nigina Abduraimova ilk davrada germaniyalik tajribali tennischi Sabin Lisitskiga qarshi kortga chiqdi va 6:3, 6:4 hisobida zafar quchdi.
Endi Nigina ikkinchi bosqichda Gergana Topalova (Bolgariya) – Yekaterina Makarova (Rossiya) uchrashuvi g‘olibi bilan kuch sinashadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA