Neymarning rafiqasi: “Men trofey rafiqa emasman”
Mening o‘z biznesim bor, jamoamga maosh to‘layman.
Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymarning rafiqasi, bloger va tadbirkor Bruna Byankardi o‘zini “trofey rafiqa” deb hisoblamasligini aytdi.
Uning ta’kidlashicha, ijtimoiy tarmoqlardagi mashhurligiga qaramay, o‘z biznesiga ega va barcha xarajatlarini mustaqil qoplaydi.
“ Odamlar bizni uyda o‘tiradigan va ishlamaydigan “trofey rafiqalar” deb o‘ylashadi. Ammo mening o‘z biznesim bor, jamoamga maosh to‘layman. Daromadimni o‘zim topaman va barcha hisob-kitoblarni ham mustaqil to‘layman”, — dedi Byankardi.
Ma’lumot uchun, Bruna Byankardining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasini 15,6 milliondan ortiq foydalanuvchi kuzatib boradi.
Eslatib o‘tamiz, Neymar JCH–2026 guruh bosqichining uchinchi turida Shotlandiya milliy terma jamoasiga qarshi bahsda 2023-yil oktyabridan buyon ilk bor Braziliya milliy terma jamoasi safida maydonga tushdi. Braziliya ushbu uchrashuvda 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.