Neymar otasining bayonotiga hazil bilan javob qaytardi
«Axir maydonda otam emas, men o‘ynayman-ku!»
Neymarning otasi o‘g‘lining 2026-yilgi jahon chempionatidan so‘ng Braziliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlash qaroriga munosabat bildirdi.
«Men uning Braziliya terma jamoasidagi faoliyatini 100 foiz yakunladi, deb ayta olmayman. Balki u yana qaytar», — dedi Neymarning otasi.
Bunga braziliyalik futbolchining o‘zi kulib javob berdi:
«Axir maydonda otam emas, men o‘ynayman-ku!» - dedi Neymar.
Eslatib o‘tamiz, Neymar Braziliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. U milliy jamoa safida 130 ta uchrashuvda 80 ta gol urgan.
Neymar Braziliya bilan 2016-yilgi Olimpiada oltin medali, 2012-yilgi Olimpiada kumush medali, 2021-yilgi Amerika kubogi kumush medali hamda 2013-yilgi Konfederatsiyalar kubogi g‘olibligini qo‘lga kiritgan.