Neymar jahon chempionatida Braziliya terma jamoasining sardori bo‘lmaydi
Neymar terma jamoa safida esa 79ta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Braziliya terma jamoasi va "Santos" klubi hujumchisi Neymarning mundialdagi ro‘li ma’lum bo‘ldi.
Xabarlarga ko‘ra, 34 yoshli Neymar jahon chempionatida terma jamoa sardori bo‘lmaydi. Bundan tashqari, unga asosiy tarkibdan ham joy kafolatlanmaydi. Bunday masalalar yuzasidan futbolchi va bosh murabbiy Karlo Anchelotti o‘rtasida suhbat ham bo‘lib o‘tgan. Bu haqida Globa nashri xabar bermoqda. Neymar joriy mavsumda klub safida 6ta gol urdi va 2ta golli uzatmani amalga oshirgan. Terma jamoa safida esa 79ta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya mundialda Marokash, Shotlandiya va Gaiti bilan bahs olib boradi.