Nepal sobiq bosh vaziri va ichki ishlar vaziri hibsga olindi
Nepal sobiq bosh vaziri Sharma Oli va ichki ishlar vaziri Ramesh Lehak politsiya tomonidan hibsga olindi, deb xabar bermoqda “Euronews” nashri.
Ta’kidlanishicha, hibsga olish Balendra Shah yangi bosh vazir sifatida qasamyod qilganidan bir kun o‘tib amalga oshirilgan. Maxsus komissiya sobiq bosh vazirni o‘tgan yil mamlakat ichida sodir bo‘lgan ommaviy noroziliklar vaqtida namoyishchilarga nisbatan kuch ishlatishda ayblamoqda.
O‘sha paytdagi namoyishlarda qurbonlar soni kamida 76 nafarga yetgandi. Shu voqealardan keyin Sharma Oli lavozimidan iste’foga chiqishga majbur bo‘lgan edi.
Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, sobiq bosh vazir va IIVning sobiq rahbari Katmandu shahridagi politsiya boshqarmasida saqlanmoqda va yaqin kunlarda sudga olib boriladi.
Olining advokati hibsga olishni “asossiz” deb atab, mijozining tergovdan yashirinishi ehtimoli yo‘qligini ta’kidladi.
O‘.Alimov, O‘zA