Nazar Eshonqul hikoyalarida zamon va makon munosabati
Nilufar A’zam qizi CHO‘LIYEVA doktorant Filologiya fanlari bo‘yicha (PhD) falsafa doktori O‘zbekiston Milliy universiteti Toshkent, O‘zbekiston nilufarchuliyeva19@gmail.com
Annotatsiya
Ushbu maqolada Nazar Eshonqulning “Ozod qushlar”, “O‘lik mavsum”, “Xayol tuzog‘i” hikoyalari tahlilga tortilgan. Mazkur hikoyalarda badiiy vaqt va makonning o‘zaro munosabati, makonning asar g‘oyasiga uyg‘unlik xususiyatlari tadqiq etilgan.
Tayanch so‘zlar: badiiy makon, badiiy vaqt (zamon),geografik makon, psixologik makon, fantastik (yoki sehrli) makon, ijtimoiy makon, “o‘lim maydoni”.