Navoiyda ilk bor xotin-qizlar o‘rtasida
“Nima? Qayerda? Qachon?" intellektual turniri o‘tkazildi
Navoiy shahrida Navoiy kon metallurgiya kombinatiga qarashli "Farhod" madaniyat saroyining yozgi hovlisida NKMK bo‘linmalarida mehnat qilayotgan xotin-qizlar o‘rtasida “Nima? Qayerda? Qachon?" birinchi intellektual turniri bo‘lib o‘tdi. Unda kombinatning Navoiy, Zafarobod, Nurobod, Uchquduq va Zarafshon tuman va shaharlaridagi korxonalaridan jami 12 jamoa ishtirok etdi.
Do‘stona formatda bo‘lib o‘tgan musobaqa, uch bosqichda tashkil qilindi va har bosqichda ishtirokchilar tomonidan 10 tadan savollarga javob berildi. Qizg‘in davom etgan bellashuvda ishtirokchilar o‘z fikri, bilimi, aql-zakovati, qobiliyati va jamoaviy ruhni yuqori darajada namoyish etdi.
Bellashuvning so‘nggi natijalariga ko‘ra, g‘olib bo‘lgan jamoalarga NKMK rahbariyati tomonidan medal, diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Ilk bor o‘tkazilgan mazkur turnir, bundan-buyon an’anaviy tashkil qilinishi ta’kidlab o‘tildi.
[gallery-2526]
Siroj ASLONOV (surat), O‘zA