Navoiyda 26 metrlik archa o‘rnatilmoqda
Navoiy shahri markazidagi maydonda Yangi yil bayrami archasini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
Bu yilgi bayramona archaning uzunligi o‘tgan yilgisidan 4 metrga uzun bo‘lib, 26 metrni tashkil qilmoqda. Bundan tashqari asosiy maydon atrofida Yangi yil sovg‘alariyu turli xil o‘yinchoqlari sotiladigan savdo nuqtalari ham barpo etilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, maydondan uncha uzoq bo‘lmagan hududda arzonlashtirilgan mahsulotlar yarmarkasi ham tashkil etiladi.
Navoiyliklar Yangi yilni o‘zgacha shukuh bilan kutib olishga tayyorlanmoqda.
Siroj ASLONOV (surat), O‘zA