Navoiy gulshanidan guldastalar
FOTOREPORTAJ
Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tuman axborot-kutubxona markazida g‘azal mulkining sultoni, o‘zbek mumtoz adabiyoti asoschisi, shoir va buyuk mutafakkir Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan “Navoiy gulshanidan guldastalar” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir tuman hokimligi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, axborot-kutubxona markazi hamda tumandagi 70-ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabi hamkorligida tashkil etildi. Unda so‘z olgan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari R. Qo‘ziboyev buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiyning hayoti va ijodi to‘g‘risida yoshlarga batafsil ma’lumot berdi.
O‘quvchi-yoshlar tomonidan shoir qalamiga mansub g‘azal va ruboiylardan parchalar aytildi.
Jamshid NORQOBILOV (surat), O‘zA