NATO Ukraina bo‘yicha maxsus vakil tayinladi
NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg britaniyalik Patrik Ternerni Ukraina bo‘yicha maxsus vakil etib tayinlanganini e’lon qildi. Terner sentyabrdan tuzilmaning Ukrainadagi vakolatxonasini boshqaradi.
– Terner Ukraina hukumati bilan hamkorlikni muvofiqlashtiradi, deyilgan Alyans matbuot xizmati xabarida. – Shuningdek, mamlakatdagi vaziyatni baholab, zarur maslahat beradi.
10 iyul kuni Vashington sammitida Stoltenbergning Ukrainada maxsus vakil lavozimini ta’sis etish to‘g‘risidagi qarori barcha ittifoqchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan edi.
Patrik Terner Bosh kotibning amaliyot, mudofaa siyosati va rejalashtirish bo‘yicha yordamchisi edi. U Buyuk Britaniyada bir qator yuqori davlat xizmati lavozimlarida ham faoliyat yuritgan.
– NATOning Ukrainadagi vakili lavozimiga tayinlanish men uchun katta sharaf, – dedi Terner. – Ukraina hukumati, alyans a’zolari va hamkorlar bilan yaqindan ishlashni sabrsizlik bilan kutyapman.
B.Xudoyberdiyev,
O‘zA