NATO kemalari Qora dengizga kirib keldi
Qora dengizga Ispaniyaning Méndez Núñez fregati kirdi, deb xabar qiladi Mudofaa boshqaruvi milliy markazi. Kemani Rossiya harbiylari kuzatib borishmoqda, deyiladi xabarda.
O‘tgan juma kuni akvatoriyada Ispaniyaning boshqa bir fregati – "Kristobal Kolon" ham paydo bo‘lan edi.
NATOning harbiy kemalari vaqti-vaqti bilan Qora dengizda paydo bo‘lib turadi. Masalan, yanvar oyida ham Amerikaning ikkita "Porter" va "Donald Kuk" esminsi kirib kelgandi. Shimoliy alyans bunga Rossiyaning harbiy qudrati oshganini sabab qilib ko‘rsatgan edi. Bunga javoban, Moskva ham Qora dengizda dengiz jangini qo‘llagan holda harbiy mashqlarini amalga oshirdi.
Rossiya har gal boshqa mintaqa harbiylarining Qora dengizda bo‘lishi mazkur mintaqada barqarorlikni mustahkamlamaydi, deb bayonot berib keladi.
1936 yilda imzolangan Montre konvensiyasiga ko‘ra, Qora dengizga tutash bo‘lmagan davlatlarning harbiy kemalari akvatoriyada uzog‘i bilan uch haftalik muddatga qolishi mumkin. Shuningdek, mazkur hujjat, akvatoriyada bir vaqtning o‘zida umumiy sig‘imi 30 ming tonna bo‘lgan to‘qqiztagacha kema qolishi mumkinligini nazarda tutadi.