NATO Bosh kotibi Turkiya prezidentidan minnatdor
NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Turkiya prezidentiga Rossiya va Ukraina o‘rtasida davom etayotgan ziddiyatga siyosiy yechim topishdagi shaxsiy tashabbusi uchun minnatdorlik bildirdi.
Stoltenberg o‘z murojaatida Rejep Tayyip Erdo‘g‘on bilan gaplashgani, Rossiyaning Ukraina atrofidagi harbiy kuchini mustahkamlashi masalasini muhokama qilganini bildirdi.
— NATO har qanday vaziyatda har qanday muloqotga tayyor, — deya qo‘shimcha qildi Yens Stoltenberg.